Eksportga ko'maklashish byurosi

“Xorazm SSM” DK

maxsulotni eksport qilishga  ko‘maklashish byurosi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 28 apreldagi "Sertifikatlashtirish tartibotlarini va sifat menejmenti tizimlarini joriy etishni takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi 122-sonli qaroriga asosan ishlab chiqaruvchi korxonalarga qulay shart-sharoitlar yaratish, tadbirkorlik va kichik biznesni rivojlantirishga yordam berish maqsadida "O‘zstandart" agentligida Mahsulotlarni eksport qilishga ko‘maklashish Byurosi tashkil etilgan.

Byuroning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

-             eksportga mo‘ljallangan mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalarga standartlar, mahsulotni sertifikatlash, yorliqlash, o‘rash va boshqa parametrlar yuzasidan xalqaro va mamlakatlararo talablar bo‘yicha bepul maslahat xizmatlari ko‘rsatish;

-           eksportga mo‘ljallangan mahsulot ishlab chiqarishda xalqaro va mamlakatlararo standartlar talablarini joriy etish va ularga erishish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;

-           korxonalarga mahsulotni xorijiy bozorlarga kiritish bo‘yicha axborot-maslahat yordami ko‘rsatish;

-           mahsulotni standartlashtirish, sertifikatlash, yorliqlash, o‘rash va boshqa parametrlar bo‘yicha xalqaro va mamlakatlararo talablar bo‘yicha yagona ma’lumotlar bazasini shakllantirish va doimiy yangilab borish;

Byuroda Standartlashtirish, Metrologiya, Mahsulotlarni sertifikatlash, qadoqlash, yorliqlash va boshqa parametrlar bo‘yicha, Organlar va laboratoriyalarni akkreditatsiya qilish va attestatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha maslahatchilari, hamda hududiy “Sinov va sertifikatlashtirish markaziri” DKgi vakil (maslahatchilari) faoliyat ko‘rsatmoqda. 

Byuroning markaziy apparati "O‘zstandart" agentligi binosida joylashgan. Manzili: Toshkent shahri 100049, Olmazor tumani, Forobiy ko‘chasi 333 "A"

Byuroning elektron pochtasi: export@standart.uz
Telefon raqami
: 8 371 249 80 15.

Byuroning viloyatdagi vakili. 

Elektron pochtasi: xorezmsert@yandex.ru

Telefon raqami: 225-93-91

Manzili: Urganch shahri 220100,  Xonqa ko‘chasi 107 "A"



Сертификация
Менеджмент качества
Метрология
Испытательная лаборатория
Дополнительные услуги
Наши сотрудники

Интерактивные услуги

Международные партнеры



Полезные ссылки