Ma’lumki, joriy yilning
22 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari
va mahalliy kengashlar deputatlari saylovi bo‘lib o‘tadi. Saylovlar mamlakatda
amalga oshirilayotgan demokratik islohotlar, yaqin va olis istiqbol uchun belgilab
olinadigan strategik taraqqiyotning dasturiy vazifalarini amalga oshirishda muhim
ahamiyat kasb etadi. Yangi O‘zbekiston yangi saylovlar degan hayotiy shior tanlangan
bu yilgi saylovlar yangi qabul qilingan saylov kodeksi asosida o‘tkaziladi, shuningdek
“Saylovning axamiyati, ushbu soxadagi qonunchilik xamda unga kiritilgan o‘zgartirishlar”
to‘g‘risida Xorazm SSM DK majlislar zalida «O‘zstandart» agentligi yuridik bo‘lim boshlig‘i Urinov Sherzod Sharipovich bilan
birgalikda yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.










