Joriy yilning 10-11 oktyabr kunlari Rossiya Federatsiyasining Sankt-Peterburg shahrida, "Standartizatsiya-2019" birinchi xalkaro forumi bo‘lib o‘tmoqda. Ushbu forumda "O’zstandart" Agentligi vakillari ham o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etishdi.

Photo

Forumda, deyarli barcha MDX davlatlarining standarlashtirish institutlari rahbarlari (Ozarboyjon, Armaniston, Qozog‘iston, Moldova), Evropaning nufuzli etakchi standartlashtirish institutlari rahbarlari, xususan Serbiya, Bosniya va Gertsegovinya, Sloveniya davlatlari standartlashtirish institutilari rahbarlari, ASTM vitse-prezidenti, hamda Rossiya Federatsiyasining mashinasozlar uyushmasi raisi o‘rinbosari (ISOning 2011-2012 y.y.dagi prezidenti), Rossiya kichik va o‘rta tadbirkorlikni rivojlantirish federal korporatsiyasi bosh direktori, standartlashtirish bo‘yicha texnik qo‘mitalar raislari va ularning o‘rinbosarlari katnashishdi.

Forumni birinchi kun, plenar yig‘ilishining birinchi yarmida, Rossiyaning texnik jihatdan tartibga solish va metrologiya federal Agentligi rahbari A.Abramov, ISO ning saylangan prezidentii E.Noroge, ASTM tashkiloti vitse prezidenti P.Djons nuqt so‘zladilar va hozirgi kundagi standartlashtirish soxasi oldida turgan vazifalar va ularning echimlari haqida ochiq suhbat olib bordilar.

Plenar yig‘ilishning ikkinchi qismida Standartlashtirish Institutlari rahbarlari o‘z dokladlari bilan ishtirok etishdi, jumladan “O‘zstandart” agentligi Standartlar Insitituti direktori G.Gaziev “O‘zbekistonda standartlashtirish tizimi: bugungi kun va kelajak” mavzuidagi chiqishini taqdim etdi. Forumda Standartlashtirish Institutlari rahbarlari amalga oshirilayotgan ishlar, xukumat tomonidan standartlashtirishga berilayotgan e’tibor va xalqaro standartlarni ishlab chiqishda mutaxassislarning (ekspertlarning) o‘rni haqida alohida to‘xtalib o‘tishdi.

Forum davomida MDH davlatlari vakillari bilan alohida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Forumning birinchi kun natijalariga ko‘ra ISOning 2019-2020 y.y.ga saylangan prezidenti E.Noroge, ASTM vitse prezidenti P.Jon, Moldova standartlashtirish instituti direktori I.Varvaryuk  bilan “O‘zstandart” Agentligi vakillari o‘rtasida muzokaralar o‘tkazilib, yaqin kelajak uchun o‘zaro xamkorlik masalalari kelishib olindi.



Сертификация
Менеджмент качества
Метрология
Испытательная лаборатория
Дополнительные услуги
Наши сотрудники

Интерактивные услуги

Международные партнеры



Полезные ссылки