O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 20 avgustdagi «Yuridik va jismoniy shaxslarning elektr energiyasi, tabiiy gaz, ichimlik va issiq suvni hisobga olish uskunalarini (hisoblagichlarni) yechish, qiyoslashdan o‘tkazish va o‘rnatish bo‘yicha davlat hizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentlarini tasdiqlash to‘g‘risida»gi 698 – sonli qarori bo‘yicha seminar o‘tkazildi.

Photo

Joriy yilning 26 sentyabr kuni “Xorazm sinov va sertifikatlashtirish markazi“ davlat korxonasi tomonidan aholi va tadbirkorlarga yanada qulayliklar yaratish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 20 avgustdagi “Yuridik va jismoniy shaxslarning elektr energiyasi, tabiiy gaz, ichimlik va issiq suvni hisobga olish uskunalarini (hisoblagichlarni) yechish, qiyoslashdan o‘tkazish va o‘rnatish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 698-sonli qarorining ijrosini sifatli va o‘z vaqtida ta’minlash hamda qarorda belgilangan vazifalarni joylarda tizimli tashkil etishni ta’minlash maqsadida Urganch shaxar “Muxammad Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Urganch filiali”da seminar tashkil etildi.                                                                             

Mazkur seminarda Davlat xizmatlari agentligi viloyat boshqarmasi, Majburiy ijro byurosi, Iste’molchilarni xuquqlarini ximoya qilish xududiy birlashmasi, Savdo-sanoat palatasi Xorazm xududiy boshqarmasi, Xorazm xududiy elektr tarmoqlari, Xududiy gaz ta’minoti filiallariga mas’ul xodimlar va maxalla fuqarolar yig‘ini raislari xam qatnashishdi.

Seminarda mazkur qaror bilan yuridik va jismoniy shaxslarning elektr energiyasi, tabiiy gaz, ichimlik va issiq suvni hisobga olish uskunalarini (hisoblagichlarni) yechish, qiyoslashdan o‘tkazish va o‘rnatish jarayonida ovoragarchiliklar, byurokratik to‘siqlar va rasmiyatchilik holatlarining oldini olish, shuningdek aholiga qulayliklar yaratilishi belgilanganligi yoritib berildi.



Сертификация
Менеджмент качества
Метрология
Испытательная лаборатория
Дополнительные услуги
Наши сотрудники

Интерактивные услуги

Международные партнеры



Полезные ссылки