Xiva va Ko‘shko‘pir tumanlarida “Xorazm sinov va sertifikatlashtirish markazi” Davlat korxonasi mutaxassislari tomonidan seminar o'tkazildi.

Photo

2019 yil  26-27-avgust kunlari Xiva va Ko‘shko‘pir tumanlarida  “Xorazm sinov va sertifikatlashtirish markazi” Davlat korxonasi mutaxassislari, Savdo-sanoat palatasi vakili,  Viloyat bojxona boshqarmasi vakili, Viloyat DSB vakillari bilan birgalikda,  Viloyatning  shaxar va  tumanlaridagi ishlab chikarish korxonalariga O‘zbekiston Respublikasi  Prezidentining    2019 yil    15 avgustdagi  “O‘zbekiston Respublikasida  muvofiqlikni baholash  tizimini yanada takomillashtirish, sinov laboratoriyalari  kompleksini  rivojlantirish to‘g‘risida”gi   PQ-4419-sonli qarori ijrosi va tadbirkorlarga  yaratiladigan imkoniyatlar to‘g‘risida,  Viloyat xokimligi tomonidan tasdiqlangan reja-grafigiga asosan  seminarlar o‘tkazildi.

Seminarda:  xukumatimiz tomonidan ishlab chiqarishga yaratilayotgan keng imkoniyatlar, qulay tadbirkorlik muxiti, ishlab chiqarish salmog‘ining ortishiga, xorijiy investitsiyalarning ko‘payishiga, qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratilishiga, ichki va tashqi bozorda iste’molchini qoniktiradigan, raqobatbardosh va sifatli maxsulotlar bilan ta’minlashga doir bir qancha tavfsiyalar berildi.

Iqtisodiyotimiz rivojining muxim yo‘nalishlaridan biri Yurtboshimiz ta’kidlaganlaridek  bu   maxsulotlarni  jaxon  standartlari  talablari darajasiga yetkazish va eksportbob  maxsulot  ishlab chikarish, Albatta qonun, qaror, farmonlarlarni  ijrosini  ta’minlash, yangiliklarni uzlashtirish, imkoniyatlardan  keng  foydalanish bilan birga, maxsulotlarni standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish koidalariga  rioya kilish, xalkaro «GLOBAL  GAP” sertifikatlarini fermer  xujaliklariga   joriy  kilish va  buning  natijasida eksportga maxsulot chikarishga  keng  yul  ochilishini  anglab  yetilishiga  boglik.  Chunki bu soxa talablarini  bajarilishi  yuqori sifatga erishmoqlikning kafolatli kaliti xisoblanishi  ta’kidlab  o'tildi.

So‘ngra seminar ishtirokchilari O‘zingizni qiziqtirgan  savollar buyicha javoblar olishdi.



Сертификация
Менеджмент качества
Метрология
Испытательная лаборатория
Дополнительные услуги
Наши сотрудники

Интерактивные услуги

Международные партнеры



Полезные ссылки