SAMARQANDDA AMALIY SEMINAR O‘TKAZILDI

Photo

Seminarda Respublika sinov va sertifikatlashtirish markazi, Shtrixli kodlash va axborot texnologiyalari markazi rahbarlari hamda hududiy SSMlar o‘lchov vositalari ustidan davlat metrologik tekshiruvi bo‘limlari, sinov laboratoriyasi, mahsulotlarni sertifikatlashtirish bo‘limi boshliqlari va mahsulotlarni eksport qilishga ko‘maklashish byurosi vakillari, viloyatning mutasaddi tashkilot va tadbirkorlik sub’ektlari vakillari ishtirok etdi. “Hududiy sinov va sertifikatlashtirish markazlari – respublika iqtisodiyotini rivojlantirishdagi o‘rni va roli, faoliyatga yangicha yondoshuv hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar” mavzusida bo‘lib o‘tgan mazkur seminarda Samarqand sinov va sertifikatlashtirish markazi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar taqdimoti o‘tkazilib, hududlardagi bu borada yangicha yondashuv va muammolar muhokama etildi.

 

So‘zga chiquvchilarning ma’ruzalarida ko‘tarilgan masalalar asosida ishtirokchilar tomonidan bugungi kunda sohada mavjud bo‘lgan qator muammolar aytib o‘tildi hamda ularning yechimi bo‘yicha takliflar bildirildi.

Respublika sinov va sertifikatlashtirish markazi direktor o‘rinbosari J.Po‘latov “Xizmat ko‘rsatishni sifat jihatdan hamda tadbirkorlik muhitini tubdan yaxshilash ustuvor maqsadimiz bo‘lishi kerak, faoliyatga yangicha yondoshuv hamda kelgusidagi muhim vazifalar shu asosida belgilanadi”, deya ta’kidladi.



Сертификация
Менеджмент качества
Метрология
Испытательная лаборатория
Дополнительные услуги
Наши сотрудники

Интерактивные услуги

Международные партнеры



Полезные ссылки