Xorazmda xalqaro investitsiya forumi o‘tadi

Photo

Joriy yilning 5-6 aprel kunlari Xorazm viloyatida xalqaro investitsiya forumi bo‘lib o‘tadi.

Investitsiyalar va tashqi savdo, Tashqi ishlar vazirliklari, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi va Xorazm viloyati hokimligi hamkorligida tashkil etiladigan forum doirasida kooperatsion birja, viloyatda ishlab chiqarilgan milliy mahsulotlar ko‘rgazmasi, shuningdek, hududning sayyohlik salohiyati namoyishiga bag‘ishlangan taqdimotlar tashkil etiladi.

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi xabarida keltirilishicha, tadbir xalqaro tashkilotlar,

investorlarni Xorazm viloyatining ijtimoiy-iqtisodiy salohiyati, sarmoyadorlar uchun

yaratilgan imtiyoz va qulayliklar bilan yaqindan tanishtirish maqsadida tashkil etilmoqda.

Ma’lumot uchun, bugungi kunda viloyatda “Hazorasp” erkin iqtisodiy zonasi faoliyati yo‘lga

qo‘yilgan. 400 gektardan ziyod maydonga ega mazkur zonada tadbirkorlarga 3 yildan 10 yilgacha

bo‘lgan muddatda soliq va bojxona imtiyozlari taqdim etiladi. Forum doirasida mahalliy va

xorijlik ishbilarmonlar hamkorlik o‘rnatish va tajriba almashish imkoniga ega bo‘ladi.



Сертификация
Менеджмент качества
Метрология
Испытательная лаборатория
Дополнительные услуги
Наши сотрудники

Интерактивные услуги

Международные партнеры



Полезные ссылки