“KIVA” BRENDI OSTIDA O‘ZIMIZNI MAHSULOT

Photo

“SPLASH URGANCH”  mas’uliyati cheklangan jamiyatining asosiy faoliyati kunjutni qayta ishlashdan iboratdir. Bundan tashqari bu yerda tahin – kunjut pastasi, va kunjut holvasi ham ishlab chiqariladi.  Muqaddam ilk faoliyatini bundan uch yil oldin  atigi 5 ishchi bilan boshlagan  dargohda ayni paytda 40 nafar  ishchi – xizmatchi mehnat qilishayapti.  

Kattagina  sexda guvillab ishlayotgan uskunalarning shovqini, kattagina “qozon”larda qovurilayotgan mahsulot, ishchilarning katta qoplarni  balandda joylashgan uskunalar ichiga ag‘darayotganligi bu yerda fidoyilik bilan qilinayotgan mehnatni namoyon etadi.  Turkiya davlatidan keltirilgan eng zamonaviy uskunalar orqali kunjut saralab olinar ekan....

          Sexning bir burchagidagi  qoplarda  daladan terib keltirilgan kunjut egallagan. Kattagina hududga po‘sti  olingan kunjut yoyib qo‘yilgan. Oppoq bo‘lib tovlanib turgan bu    kunjutlarni  konditer mahsulotida ishlatiladigan eng xushta’m  mahsulot  deya ta’riflashdi. 

         Xo‘sh, kunjut qanday yetishtiriladi? Uning inson organizmi uchun qanday ijobiy xususiyati bor?

         - Ota – bobolarimiz qadim- qadimda  kunjut mahsulotini sevib iste’mol qilishgan,-deydi biz bilan suhbatda ,- korxona rahbari Ruslan Qalandarov,- ushbu mahsulot tarkibida inson organizmi uchun juda foydali  moddalar bor.   

         “KIVA” brendi ostida chiqarilayotgan mahsulotning qimmati benihoya katta. 

         “Qirol nonushtasi” deya e’zozlanadigan  Tahin – kunjut pastasi tarkibida inson organizmi  uchun   zarur bo‘lgan vitaminlar juda ko‘p. Tahin    tanadagi zaharlarni yo‘qotadigan yagona ozuqadir. Tahin tomirlarning qotishi va tiqilishining oldini olishi bilan birga uning peshob haydovchi xususiyati bor. inson terisini go‘zallashtiradi va tanani yoshartiradi. Immunitetni  kuchaytiradi. Ko‘z sog‘ligi uchun hayotiy ahamiyatiga ega. Tahin suyak  rivojlanishi va to‘g‘ri shakllanishida muhim ahamiyatga ega. Bundan tashqari tahinning safro toshlarini tushirish,  nafas  torligini va bronxit kasalliklarini bartaraf etishda  foydasi bisyor. 

         Tahin bolalarning miya va aqliy rivojlanishida benihoya ahamiyatli. Keksa yoshdagi  insonlarning xotira yo‘qotishlarining oldini olishda ham ijobiy samarasi tasdiqlangan. Tahinda mavjud bo‘lgan Ye vitamini kuchli antioksidant bo‘lishi bilan birgalikda odam vujudini katta miqdorda energiya bilan ta’minlaydi. Yaralarning  tez bitishini ta’minlaydi. Jigarni tozalash bilan birga rak kasaliga qarshi tabiiy himoya vazifasini bajaradi. 

         Xo‘sh, ushbu  “Qirol nonushtasi”ning ahamiyati shunchalik katta ekanki,  ushbu mahsulot tayyorlanadigan kunjutni yetishtirishda muammolar  bormi? 


         - Mahsulotlarimiz o‘zining  brendi va xalqaro  sertifikatiga   ega. Qadoqlarda oziq – ovqat xavfsizligi   haqida berilgan sertifikat ham   yoziladi. Kunjut  yetishtirish  unchalik qiyin emas,- suhbatdoshimiz fikrlarini bayon etadi. U paxtadek  ko‘p suvni talab etmaydi. Eng ahamiyatlisi boniteti past bo‘lgan maydonlarda ham  o‘sib, meva tugib ketaveradi...

         Kunjut ayni paytda Turkiya davlatiga eksport qilinmoqda. Daladan keltirilgan  kunjut yaxshilab tozalanadi va  po‘stidan ajratiladi. Chet davlatlardan keltirilgan zamonaviy  uskunalarda kunjutga “qayta hayot bag‘ishlanadi”.  Po‘sti olingan kunjutlar kumushdek tovlanadi...

         Kunjutdan tayyorlangan  mahsulotlar – butun dunyo ahli sevib iste’mol qiladigan ne’mat sanaladi.   

          Mamlakatimizda kunjutning  1700 ta sorti bor. Kelgusida  Yevropa va MDH davlatlariga ham mahsulotlarni sotish maqsadimiz bor, -deydi R.Qalandarov. Yevropada kunjut holvaning bir kilogrammi 12 Yevrodan sotilmoqda. Biz esa  bir kilogramm holva uchun 12 so‘mdan tannarx belgilab qo‘ydik. Mana qarang,  kunjutning foydali xususiyatini bilgan odamlar mahsulotlarimizning asosiy xaridori bo‘lib olishdi.  Kunjutdan oziq – ovqat mahsulotlarini hamda konditer mahsulotlarini tayyorlashda   foydalaniladi.

         O‘tgan yili korxona jamoasi  250 nafar fermer xo‘jaligi bilan shartnoma tuzilgan va  har bir fermer xo‘jaligining dalasida  1 – 2 gektarga  kunjut urug‘i ekilgan. Ammo, bu borada  mahorat va tajriba yetishmasligi tufayli joriy yilda kunjutdan ko‘ngildagidek   hosil olinmagan. Bu yil 1000 nafar fermer xo‘jaligi bilan shartnoma tuzilganligi sohada rivojlanish boshlanganligini namoyon etadi.



Сертификация
Менеджмент качества
Метрология
Испытательная лаборатория
Дополнительные услуги
Наши сотрудники

Интерактивные услуги

Международные партнеры



Полезные ссылки