Xorazm sinov va sertifikatlashtirish markazi davlat korxonasi raxbariyati tomonidan Shovot tumanida faoliyat yurituvchi jismoniy va yuridik shaxslar bilan «Sayyor qabuli» uchrashuvi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Photo

Ushbu uchrashuvni Xorazm sinov va sertifikatlashtirish markazi davlat korxonasi direktori 2019 yil davomida tasdiqlagan Xorazm viloyatidagi shaxar va tumanlarda jismoniy va yuridik shaxslarni sayyor qabuli rejasi» asosida o‘tkazilayotganligi,  tuman va shaharlarda bo‘lib, jismoniy va yuridik shaxslar bilan uchrashuvlar o‘tkazishlari, ular uchun maxsus qabullar uyushtirishlari, mavjud muammolarning yechimini topishda amaliy yordam ko‘rsatishlari, zarurat tug‘ilgan taqdirda Hukumat darajasiga ko‘tarish lozimligini qayd etdi. Sayyor qabul davomida, standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish soxasidagi xukumatimiz tomonidan fermer va tadbirkorlarga yaratilayotgan qulayliklar, qishlok xo‘jalik soxasidagi isloxatlar, shu bilan birga maxsulot ishlab chiqarishda, uni eksport qilishda yuzaga kelgan muammo va ularni yechimi, yangi g‘oyalar xaqida fikrlar almashinildi. Yig‘ilish ishtirokchilariga, standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish,  maxsulotlarni eksport qilishga ko‘maklashish byurosi, sifat tizimi to‘g‘risidagi bukletlar to‘plamlari tarqatildi va ishtirokchilarning soxaga oid qiziqtirgan savollariga javob berildi.



Сертификация
Менеджмент качества
Метрология
Испытательная лаборатория
Дополнительные услуги
Наши сотрудники

Интерактивные услуги

Международные партнеры



Полезные ссылки